Edu Abroad

Til tanlash

UZ EN RU
Ariza yuborish Tizimga kirish

Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo'limi

Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo'limi

Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo'limi

Kelajagingiz uchun to'g'ri tanlov

Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo'limi

Dunyoning eng nufuzli universitetlarida ta'lim oling. Grantlar, maxsus dasturlar va chet elda yashash bo'yicha to'liq ma'lumot.

6

Universitetlar

5

Davlatlar

5

Kvotalar

150+

Talabalarimiz

62+

Bitiruvchilar

11

Yo'nalishlar

Universitetlar

Xorijdagi eng nufuzli va talabgir universitetlar bilan tanishing

Kvotalar

Barcha mavjud kvotalar va yo'nalishlar

VATEL mehmonxona va turizm biznesi
Rossiya
Bakalavr Kunduzgi ta'lim 1-kurs

VATEL mehmonxona va turizm biznesi

Menejment (xalqaro mehmonxona menejmenti)

Ariza topshirish
VATEL mehmonxona va turizm biznesi
Rossiya
Magistr Kunduzgi ta'lim 1-kurs

VATEL mehmonxona va turizm biznesi

Menejment (xalqaro mehmonxona menejmenti)

Ariza topshirish
Sofiya universiteti
Bolgariya
Magistr Kunduzgi ta'lim 1-kurs

Sofiya universiteti

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

Ariza topshirish
Qozon Federal Universiteti
Rossiya
Bakalavr Kunduzgi ta'lim 1-kurs

Qozon Federal Universiteti

Filalogiya

Ariza topshirish
Qozon Federal Universiteti
Rossiya
Magistr Kunduzgi ta'lim 1-kurs

Qozon Federal Universiteti

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Grant
153,0
Kontrakt
92,0
Summa
19 000 000 UZS
Ariza topshirish

Talabalarimiz Fikrlari

Xorijga ketgan talabalarimizning platforma haqidagi taassurotlari

Fransiya, Nitsa

NOROVA MADINA BAXTIYOROVNA

Universitetdagi ta'lim muhiti va sharoitlar haqiqatdan ham yuqori darajada! 🏛️✨ Bu yerda talabalar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan: zamonaviy kutubxona, eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyalar va darsdan tashqari vaqtni unumli o‘tkazish uchun sport inshootlari muntazam xizmatda. 🔥 📚 O‘quv jarayoni qanday? > Darslar zerikarli ma'ruzalardan yiroq — to‘liq interfaol tarzda o‘tiladi. Guruhli munozaralar, qizg‘in savol-javoblar va amaliy mashg‘ulotlar orqali bilimlar yanada mustahkamlanadi. O‘qituvchilar juda tajribali va har bir talaba bilan ochiq muloqotga tayyor. Ular eng murakkab mavzularni ham juda sodda va tushunarli qilib tushuntirib berishadi. 🌍 Xorijlik talabalarga g‘amxo‘rlik: > Biz kabi xorijdan kelgan talabalar bu yerda begonalikni his qilishmaydi. Universitet tomonidan maxsus integratsiya kurslari va qo‘llab-quvvatlash dasturlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, alohida e’tibor va mehmondo‘stlik doimo his qilinib turadi! 🎓💼

Indoneziya, Bali orollari

TO‘XTAYEV UMIDJON SHUHRAT O‘G‘LI

Indoneziyadagi ta'lim sayohatimdan navbatdagi unutilmas xotiralar! 🇮🇩✨ Bu yerda eng so‘nggi texnologiyalar va innovatsion yechimlar bilan jihozlangan mutlaqo yangi xonada amaliyot o‘tash baxti nasib qildi. Bu men uchun shunchaki dars emas, balki kelajakdagi faoliyatim uchun ulkan tajriba poydevori bo‘ldi! 💻🚀 Indoneziya xalqi haqida esa soatlab gapirish mumkin — ularning samimiyligi, do‘stonaligi va boy madaniyati meni hayratda qoldirdi. Ayniqsa, go‘zal Depok shahrida yashash va mahalliy talabalar bilan bir safda turib ma’ruzalarda qatnashish, qizg‘in seminarlarda qatnashish hamda yangi loyihalarni birgalikda amalga oshirish men uchun haqiqiy sharaf bo‘ldi! 🎓🤝🔥

Indoneziya

ATOYEVA MAXLIYO DJALOLITDINOVNA

Indoneziyadagi tahsilimiz davomida ushbu mamlakatning boy madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Gunadarma universiteti ma’muriyati tomonidan Jakartadagi mashhur «Taman Mini Indonesia Indah» madaniy-ko‘ngilochar bog‘iga uyushtirilgan sayohat barcha o‘zbekistonlik talabalar qatori menda ham bir umrga tatigulik katta taassurotlar qoldirdi. Biz, talabalarga mana shunday unutilmas va dunyoqarashimizni boyitadigan imkoniyatlarni taqdim etganliklari uchun Gunadarma universiteti hamda Buxoro davlat universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilariga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Vatanga — aziz Buxoromizga juda katta taassurotlar va boy tajriba bilan qaytdik.

Fransiya

NOROVA MADINA BAXTIYOROVNA

Yozgi ta’tilni qanday o‘tkazdingiz deb so‘rashsa, ikkilanmay "Fransiyada!" deb javob bera olaman. 🇫🇷✨ Dunyoga mashhur Vatel dasturi doirasida ikki oylik amaliyot o‘tash uchun Fransiyaga yo‘l olgandim. Jarayon atigi 18 kun davom etgan bo‘lsa ham, bu vaqt men uchun haqiqiy tajriba maktabi bo‘ldi! Menga biriktirilgan tajribali ustozlar yordamida sohaga oid eng ilg‘or va amaliy bilimlarni o‘zlashtirdim. 💼📊 Albatta, Fransiyaga borib sayohat qilmaslikning iloji yo‘q! Ta’til davomida mamlakatning eng go‘zal va tarixiy shaharlari: qadimiy Nim, betakror Lion va afsonaviy Parij ko‘chalarini kezib, olam-olam unutilmas taassurotlar to‘pladim. Xullas, bu safar xotiramda bir umrga muhrlanib qoladigan bo‘ldi! 🎓✈️🏰

Iqtidorli Talabalarimiz

Fakultetimizning faxri bo'lgan eng iqtidorli yoshlarimiz va ularning yutuqlari

Shaxina Choriyeva va Maftuna Kamalova

Malayziyadan "Wyndham" va Vatel MBA marralarigacha! 🌟✈️🇲🇾 Xalqaro tajriba — muvaffaqiyatli karyera garovidir! Universitetimiz faxrlari — Shaxina Choriyeva va Maftuna Kamalovaning muvaffaqiyat tarixi bilan tanishing. Ular 2025-yil aprel oyida Malayziya Siti universiteti qoshida, Kuala-Lumpurdagi mashhur 5 yulduzli «The RuMa» mehmonxonasida amaliyot o‘tashgan edi. Qizlarimiz u yerda nafaqat turizm sohasini, balki Malayziya madaniyati, tili va milliy taomlari sirlarini ham mukammal o‘rganishdi. 🙌✨ Bugun esa natijalar yanada quvonarli: 👩‍💼 Maftuna Kamalova — hozirda Buxoro shahridagi dunyoga mashhur «Wyndham» mehmonxonasida Event manager bo‘lib ishlamoqda. 🎓 Shaxina Choriyeva — nufuzli xalqaro Vatel dasturining MBA (Magistratura) bosqichida o‘z bilimlarini yuksaltirmoqda. Qizlarimizga xalqaro maydondagi va professional faoliyatidagi zafarlar doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz! Olg‘a, yangi marralar sari! 🚀🏆💼

ZARIFOVA SAGINA SIDDIQ QIZI

Universitetimizdan navbatdagi katta g‘alaba va yuksak e’tirof! Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi qaroriga muvofiq, ko‘plab muvaffaqiyatli ishlar muallifi, "SeeYoUzbekistan" loyihasi rahbari — Sagina Siddiq qizi Zarifova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi etib saylandi! 🇺🇿🎓 Sagina kabi intiluvchan, yetakchi va faol talabalarimiz universitetimiz nomini doimo yuqori cho‘qqilarga olib chiqishmoqda. Biz senga ishonamiz va kelgusi siyosiy hamda ijtimoiy faoliyatingda faqat va faqat muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz! Olg‘a, yangi marralar sari! 🎉🚀🏆

ATOYEVA MAXLIYO DJALOLITDINOVNA

Muvaffaqiyat tarixi: Talabamizdan universitet o‘qituvchisigacha! 🌟👩‍ziyo Universitetimiz bitiruvchilarining yutuqlari bizning eng katta faxrimizdir! Tanishing, Atoyeva Maxliyo — BuxDU va Indoneziyaning nufuzli Gunadarma universiteti o‘rtasidagi "Raqamli turizm" xalqaro qo‘shma dasturining 2020–2021-yillardagi bitiruvchisi. 🎓✈️ Maxliyo o‘qish davomida eng kuchli va iqtidorli magistrlar orasida o‘z bilimi bilan ajralib turdi va barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Eng quvonarlisi, u bugun o‘zi o‘qigan Buxoro davlat universitetida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritmoqda! 🏫💻 Maxliyoga kelgusi ilmiy va pedagogik faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz! Sifatli ta'lim kelajak poydevoridir! 🚀🏆

Ko'p So'raladigan Savollar

Xorijda ta'lim olish bo'yicha sizni qiziqtirgan barcha savollarga javoblar

Isroil, Fransiya, Malayziya, Tailand, Filippin, Singapur, Chernogoriya, Xitoy kabi davlatlar bilan qo‘shma dasturlar mavjud. Dunyo bo‘ylab 35 ta filial.
Bu O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik dasturidir. Talaba kurslarning bir qismini O‘zbekistonda, qolgan qismini xorijiy universitetda yoki barcha kurslar xorijiy standartlar bo‘yicha mahalliy filialda o‘qitiladi.
Ha. Xorijiy universitet nomidan berilgan diplom xalqaro miqyosda tan olinadi. Shuningdek, QS Fransiyada 1-o‘rinni egallaydi va eng yaxshi 100 ta universitet reytingida e’tiborga olinadi.
Ha. Diplom Buxoro davlat universiteti va xorijiy universitet nomidan beriladi va: Magistraturaga (O‘zbekistonda yoki xorijda) hujjat topshirishingiz mumkin. Xorijda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Davlat va xususiy sektorda tan olingan mutaxassis bo‘lasiz.
Ikkita universitet talabasi bo‘lish imkoniyati Xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritish Sifatli, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim. O‘qish paytida ishlay oladi. Bu 30/70 Auditoriya 30% Amaliyot 70% Yuqori sifatli mehmonxonalar Vatel talabalarini o‘qitadi va ish taklif qiladi.

Talabalar Blogi

Xorijda yashash va o'qish haqida qiziqarli video va maqolalar

Video thumbnail

👌

👌

13 Iyn, 2026
Video thumbnail

👌

👌

13 Iyn, 2026
Video thumbnail

Qo‘shma ta’lim dasturlari talabalari xorijda xalqaro amaliyot va seminarlarda ishtirok etgan.

👌

13 Iyn, 2026
Video thumbnail

👌

👌

13 Iyn, 2026