Edu Abroad

Til tanlash

UZ EN RU
Ariza yuborish Tizimga kirish

Bizning
Faxrimiz.

Nufuzli xorijiy universitetlarda muvaffaqiyatli ta'lim olayotgan eng iqtidorli talabalarimiz bilan tanishing.

Shaxina Choriyeva va Maftuna Kamalova

Shaxina Choriyeva va Maftuna Kamalova

Malayziyadan "Wyndham" va Vatel MBA marralarigacha! 🌟✈️🇲🇾 Xalqaro tajriba — muvaffaqiyatli karyera garovidir! Universitetimiz faxrlari — Shaxina Choriyeva va Maftuna Kamalovaning muvaffaqiyat tarixi bilan tanishing. Ular 2025-yil aprel oyida Malayziya Siti universiteti qoshida, Kuala-Lumpurdagi mashhur 5 yulduzli «The RuMa» mehmonxonasida amaliyot o‘tashgan edi. Qizlarimiz u yerda nafaqat turizm sohasini, balki Malayziya madaniyati, tili va milliy taomlari sirlarini ham mukammal o‘rganishdi. 🙌✨ Bugun esa natijalar yanada quvonarli: 👩‍💼 Maftuna Kamalova — hozirda Buxoro shahridagi dunyoga mashhur «Wyndham» mehmonxonasida Event manager bo‘lib ishlamoqda. 🎓 Shaxina Choriyeva — nufuzli xalqaro Vatel dasturining MBA (Magistratura) bosqichida o‘z bilimlarini yuksaltirmoqda. Qizlarimizga xalqaro maydondagi va professional faoliyatidagi zafarlar doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz! Olg‘a, yangi marralar sari! 🚀🏆💼

ZARIFOVA SAGINA SIDDIQ QIZI

ZARIFOVA SAGINA SIDDIQ QIZI

Universitetimizdan navbatdagi katta g‘alaba va yuksak e’tirof! Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi qaroriga muvofiq, ko‘plab muvaffaqiyatli ishlar muallifi, "SeeYoUzbekistan" loyihasi rahbari — Sagina Siddiq qizi Zarifova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi etib saylandi! 🇺🇿🎓 Sagina kabi intiluvchan, yetakchi va faol talabalarimiz universitetimiz nomini doimo yuqori cho‘qqilarga olib chiqishmoqda. Biz senga ishonamiz va kelgusi siyosiy hamda ijtimoiy faoliyatingda faqat va faqat muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz! Olg‘a, yangi marralar sari! 🎉🚀🏆

ATOYEVA MAXLIYO DJALOLITDINOVNA

ATOYEVA MAXLIYO DJALOLITDINOVNA

Muvaffaqiyat tarixi: Talabamizdan universitet o‘qituvchisigacha! 🌟👩‍ziyo Universitetimiz bitiruvchilarining yutuqlari bizning eng katta faxrimizdir! Tanishing, Atoyeva Maxliyo — BuxDU va Indoneziyaning nufuzli Gunadarma universiteti o‘rtasidagi "Raqamli turizm" xalqaro qo‘shma dasturining 2020–2021-yillardagi bitiruvchisi. 🎓✈️ Maxliyo o‘qish davomida eng kuchli va iqtidorli magistrlar orasida o‘z bilimi bilan ajralib turdi va barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Eng quvonarlisi, u bugun o‘zi o‘qigan Buxoro davlat universitetida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritmoqda! 🏫💻 Maxliyoga kelgusi ilmiy va pedagogik faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz! Sifatli ta'lim kelajak poydevoridir! 🚀🏆